Oftob urishi

Oftob urishi — quyosh nurlari tik tushib turganda boshning (ayniqsa, yalang boshning) o’ta qizib ketishidan kelib chiqadigan kasallik holati. Oftob urganda miyada qon aylanishi buziladi; miya pardalari va moddasining tomirlari kengayib, qonga to’lib ketadi, miya shishadi. Oftob urishi og’ir bo’lganda mayda qon tomirlari yorilib, miyaning turli bo’limlariga va pardalariga qon quyiladi, natijada Markaziy nerv sistemasi turli bulimlarining funktsiyasi buziladi. Oftob urishi engil bo’lganda bosh aylanadi, og’riydi, darmon quriydi, ko’z tinadi. Og’ir Oftob urishida bemor talvasaga tushib qusadi, hushdan ketadi, terisi qizaradi, pulsi va nafas olishi tezlashadi, temperaturasi ko’tariladi. Bunday hollarda uni darhol kasalxonaga yotqizishi kerak. Oldini olish oftobda ishlaganda yoki yurganda, albatta, bosh kiyimi kiyib olish lozim.