Og’a Mirak Isfahoniy

Ma’nosi

Og’a Mirak Isfahoniy (16-asr) — naqqosh, musavvir; Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Kamoliddin Behzodning shogirdi. Og’a Mirak yaratgan mo»jaz asarlar mujassamotining uyg’unligi, nafisligi, qismlarining nozik ishlanishi bilan ajralib turadi. Asarlari Rossiya milliy kutubxonasi («ikki ajdar olishuvi»), Londondagi Britaniya muzeyi («Majnun hayvonlar orasida») va boshqa to’plamlarda saqlanadi. Nizomiyning «Xamsa» asarining 1520 yilda ko’chirilgan qo’lyozmasiga 5 ta hamda 1539 -43 yillarda ko’chirilgan qo’lyozmasiga mo’jaz rasmlar ishlagan.

O‘xshash so‘zlar

O harfi: barcha so‘zlar