OGBOMOSHO

OGBOMOSHO — Nigeriyaning g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy shtatda. Aholisi 644 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni. Kakao, moyli palma mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Hunarmandchilikda har xil gazlama to’qiladi. Poyabzal fabrikasi, o’qituvchilar kolleji bor.