Og’irlik markazi

Og’irlik markazi – qattiq jism bilan muntazam bog’langan nuqta; jism zarralariga ta’sir etuvchi og’irlik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi shu nuqtadan o’tadi. Simmetriya markazi mavjud bo’lgan bir jinsli jismlar (doira, shar, kub va boshqalar) da Og’irlik markazi shu simmetriya Markazida yotadi. Boshqa jismlarning Og’irlik markazi turli joyda (masalan, to’g’ri chiziqning Og’irlik markazi o’rtasida, parallelogrammning Og’irlik markazi diagonallari kesishgan nuqtada, uchburchakniki medianalari kesishgan nuqtada va hokazolar) bo’ladi.