Og’iz bo’shlig’i

Og’iz bo’shlig’i — hazm yo’lining boshlang’ich bo’limi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan Og’iz bo’shlig’i tubi — til osti muskullari bilan chegaralangan. Og’iz bo’shlig’i orqa tomondan toq teshik—tomoq orqali halqum bo’shlig’iga tutashadi. Tishlar va milklar Og’iz bo’shlig’ini og’iz dahlizi (og’izga kiraverish) bilan asli Og’iz bo’shlig’iga ajratib turadi. Og’iz daxlizi og’iz teshigi orqali tashqi muhitga tutashadi. Og’iz yumilganda Og’iz bo’shlig’i torayadi va uni til to’ldirib turadi. So’lak bezlari Og’iz bo’shlig’i daxliziga ochiladi.