Og’iz oqarishi

Og’iz oqarishi – og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi kasalligi. Og’iz, qin, ichak shilliq pardasida yashaydigan achitqi zamburug’lari Og’iz oqarishiga sabab bo’ladi. Emadigan bolalarda ko’proq uchraydi. O’smirlar va katta kishilar uzoq kasallanib ozib ketganda, ularda ham kuzatiladi. Og’iz shilliq pardasida sutday oq pardachalar paydo bo’ladi; bular bir- biriga tutashgach, og’iz oqarib qoladi. Parda ko’chirilsa, o’rni qizaradi yoki qonaydi. Og’iz oqarishiga gumon tug’ilganda darhol vrachga murojaat qilish zarur, chunki u tarqalib, halqum, qizilo’ngach va nafas yo’llariga o’tishi mumkin. Bemor vrach nazorati ostida davolanadi. Vitaminoterapiya va vitaminli (vitamin S) ovqatlar yaxshi naf beradi.