OGLAXTI QABRISTONI
OGLAXTI QABRISTONI – Yenisey daryosi bo’ylarida tarqalgan Toshtiq madaniyatiga doir arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asrlar). Yeniseyning so’l sohilida, Minusinsk o’lkasidagi Oglaxti tog’larida joylashgan. Dastlab sibirlik arxeolog A.V. Adrianov tomonidan (1903 yil) tekshirilgan. 1969 yil moskvalik arxeolog L.R.Kizlasov bu yerdan noyob maqbara topgan. Yog’ochdan ishlangan qabrdan erkak va ayol jasadlari chiqqan. Ular qishki libosda, yuzlari gipsdan ishlangan bo’yama niqoblar tutib olgan holda dafn etilgan. Ularning oyoqlari tagidan go’dakning suyaklari topilgan. Dafn etilganlarning orasida odam bo’yi keladigan qo’girchoq yetgan. Yana bir qo’g’irchoq ayol tagida joylashgan. Jasadlar boshi tagiga g’o’lalar, qo’g’irchoqlarnikiga charm yostiqlar qo’yilgan. 3 ta yuganning kichik modellari, atrofi ierogdiflar bitilgan Xitoyi ipakdan tikilgan junli sadoq topilgan. Sadoqda kamon va uchlari qora va qizil bo’yoqqa bo’yalgan 5 ta o’q modedi bo’lgan. O’qlardan paykonlar olib qo’yilganligi Toshtiq madaniyatiga xosdir. Qabrdan, shuningdek, go’shtli taom qoldiqlari, sigir va qo’y suyaklari topilgan. Dafn qo’g’irchoqlarini tayerlash Toshtiq madaniyati qabilalarining o’ziga xos xususiyati bo’lgan. Qo’girchoq charm-teridan tikilib, ichi o’t-o’lan bilan to’ldirilgan, odamlarga o’xshab jun liboslar kiydirilgan. Ularning ichiga kuydirilgan odam suyaklari kichik xaltaga solib qo’shib tikilgan. Aftidan, qo’g’irchoqdar gulxanda yondirilgan odamning o’rnini bosishi va uning qiyofasini saqlashi lozim bo’lgan.