Ohaktosh
Ohaktosh – asosan kalsiydan tarkib topgan cho`kindi tog` jinsi. Toza haktosh oq bo`ladi, aralashmalar – gil, qum, dolomit tufayli sariq, jigar rang, qora va tuts kul rang ohaktoshlar ham uchraydi. Metamorfizm oqibatida qaytadan kristallashib marmarga aylanadi. Ohaktosh dengiz va ko`l suvlaridan kalsiy cho`kishi natijasida kimyoviy yo`l bilan, shuningdek dengiz organizmlari (mollyuskalar, marjonlar)ning ohakli chiranoqlari va skletlarining to`planishi natijasida biologik yo`l bilan paydo bo`ladi. Sement va gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun, qurilish materiali, metallurgiya zavodlarida flyus, kimyoviyviy xom ashyo sifatida va nordon tuproqlarni ohaklash uchun ishlatiladi.