Okayama

Okayama — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining g’arbiy qismida. Okayama prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 626,5 ming kishi (2000). UNO avanporti bor. Temir yo’l paromi orqali Sikoku oroli bilan bog’langan. Savdotaqsimot va madaniy markaz. Elektrotexnika, kemasozlik, to’qimachilik, qog’oz, keramika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Universitet, muzeylar bor.