Okkultizm

Okkultizm (lotincha occultus – yashirin, sirli) — insonda va kosmosda yashirin kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limotlarning umumiy nomi. Okkultizmga ko’ra, bu kuchlarni maxsus psixik mashkutardan o’tgan va o’zini faqat shu yo’lga bag’ishlaganlargina payqay oladi. Falsafiy jihatdan gilozoizm va panteizmga yaqin. Okkultizmning hodisalar o’rtasidagi umumiy yashirin aloqalar to’g’risidagi va mikrokosm hisoblangan odam haqidagi ta’limoti 14-16-asrlarda kuzatish va tajriba metodlari (Uyg’onish davri italyan Natur-falsafasi va boshqalar) ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Umuman, Okkultizm ilmiy tafakkurga zid ta’limotdir.