Okkupatsiya

Okkupatsiya, harbiy okkupatsiya (lotincha occupatio — egallash, bosib olish) — xalqaro huquqda — urush olib borayotgan tomonning qurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy Okkupatsiya rejimi 1907 yilgi 4-Gaaga konventsiyasi va «fuqaro aholini himoya qilish to’g’risida»gi Jeneva konventsiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu hujjatlarda Okkupatsiya qilib turgan hokimiyat o’zi egallagan joylarda tartibni saqlashi, fuqarolarning sha’ni, oilaviy xuquqlari va hayotini qurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, Okkupatsiya qilingan hududning siyosiy taqdiri to’g’risidagi masalani hal etmasligi va shu kabilar nazarda tutilgan. Okkupatsiya rejimini buzish xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar bo’lgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb qaraladi.