Okkupatsiya
Okkupatsiya, Harbiy okkupatsiya (lotincha occupation-egallash, bosib olish)-xalqaro huquqda urush olib borayotgan tomon qurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy Okkupatsiya rejimi 1907 yilgi 4-Gaaga konventsiyasi va “Fuqaro aholini himoya qilish to’g’risida”gi Jeneva konventsiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu hujjatlarda Okkupatsiya qilib turgan hokimiyat o’zi egallagan joylarda tartibni saqlashi, fuqarolarning sha’ni, oilaviy huquqlari va hayotini hurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson etmasligi. Okkupatsiya qilingan hududning siyosiy taqdiri to’g’risidagi masalani hal etmasligi va hokazolar nazarda tutilgan.