Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari — elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki qisman o’tishi bilan bog’liq kimyoviy reaktsiyalar. Elektronlar chiqarilishi oksidlanish, elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari atamalari dastlab metall oksidlarining hosil bo’lish va parchalanish reaktsiyalarida qo’llaniladi. Cu+’/2O2=CuO metallarning oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil bo’lishi (qaytarilishi)ga misol bo’ladi. Atom yoki ionlari reaktsiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar, elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi. Oksidlovchi reaktsiya vaqtida oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib, o’zi qaytariladi, qaytaruvchi esa elektronlar yo’qotib, o’zi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz bo’la olmaydi, chunki kimyoviy reaktsiyada atomlar oksidlanish darajasi (p)ning yig’indisi doimiydir. N2+S12=2NS1 reaktsiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha o’zgaradi, binobarin, vodorod (N) oksidlanadi; p(S1) 0 dan — 1 gacha o’zgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari jarayoni keng tarqalgan kimyoviy reaktsiyalar jumlasiga kiradi, uning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Barcha turdagi yoqilg’ilarning yonishi, turli metallarning rudalardan ajratib olinishi Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari jarayoniga asoslangan. Metallarning korroziyaga uchrashi, ko’pgina muhim kimyoviy mahsulotlarning hosil bo’lishi ularning oksidlanishi tufaylidir. Elektr-kimyo sanoati Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalariga asoslangan. Mis, nikel, oltin, rux va boshqa eritmalardan elektrolitik qaytarilish yo’li bilan olinadi yoki tozalanadi. Kimyoviy tok manbalari — akkumulyatorlar va galvanik elementlar Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari tufayli ishlaydi va hokazolar. Sayfullo Hamroyev.