Oksidlash

Oksidlash (nemischa Oxydierung) — metall buyumlar sirtini oksidlovchi eritmalar yordamida kimyoviy, elektr-kimyoviy yo’l bilan havoda qizdirib korroziyadan saklash yoki ko’rkamlashtirish usuli. Kimyoviy Oksidlashning keng tarqalgani ishqorli va ishqorsiz Oksidlashdir. Ishqorli Oksidlashda buyum kaynab turgan natriy yoki kaliy ishqori eritmasi muhitidan o’tkaziladi. Ishqorsiz Oksidlashda esa buyum fosfat kislota, kaliy yoki bariy nitrat va marganes fosfat aralashmasida 100° temperaturada qizdirib oksidlanadi. Kimyoviy Oksidlashda buyum sirtida 3 |x cha oksid qatlam hosil bo’ladi. Bu qatlam loklanganidan yoki moylanganidan so’ng metall korroziyaga bardoshli bo’ladi. Bu usullar po’lat, cho’yan va rux buyumlarni Oksidlashda qo’llanadi. Elektr-kimyoviy Oksidlash (anodlash) tok ta’sirida o’tkaziladi. Bu usul kimyoviy Oksidlashga nisbatan yaxshiroq natija beradi. Masalan, 20-60 minut davomida 30° isitilgan 20% li sulfat kislota (tok kuchi 1,5—2,5 a va kuchlanishi 10— 20 v) tok bilan Oksidlash natijasida buyum sirtida 20 tsentner qalinlikda oksid parda hosil bo’ladi. Oksidlangan buyum sirti loklanadi. Anodlashda oksid qatlam qalinligini 600 tsentnergacha yetkazish mumkin. Bu usul, asosan, alyuminiy, mis va boshqa metal qotishmalarini Oksidlashda qo’llanadi. Havoda Oksidlash po’lat buyumlarini kizdirib, sirtini moylashdan iborat.