Oksitosin

Oksitosin (Oxytocinum), Pitotsin — neyrogipofizial gormon; gipofiz orqa bo’lagi gormonlarntsan biri; 9 ta aminokislota qoldig’idan tuzilgan tsiklik peptid. Oksitosin tuzilishi va ta’siriga ko’ra, boshqa neyrogipofiz gormoni — vazopressinga yaqin turadi. Bir qator tabiiy analoglari mavjud, sintetik yo’l bilan ham olinadi. Bachadon (ayniqsa, homilali bachadon) va sut bezining silliq muskullarini qisqartiradi. Dard tutishi susayganda, bachadondan atonik qon ketganda buyuriladi. Ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.