Oktaedr

Oktaedr (Yunoncha okto — sakkiz va hedra — yoq) — 1) matematikada — sakkizta uchburchak bilan chegaralangan jism, sakkizyoklik. Oktaedrning 6 ta uchi, 12 ta qirrasi va 8 ta yog’i bo’ladi. Oktaedr yoqlari muntazam uchburchaklardan iborat bo’lib, har bir uchidan 4 tadan qirra chiqadi. Agar Oktaedr qirrasi a ga teng bo’lsa, hajmi V = formula bilan hisoblanadi; 2) kristallografiyada — elektroliz va kimyoviy reaktsiyalar natijasida eritma, gaz va qattiq jismlardan hosil bo’ladigan kristallar shakllaridan biri (bunda Oktaedrdan tashkari diedr, romboedr, tetraedr va boshqalar) shakllar ham hosil bo’ladi.