Olamiy ruh
Olamiy ruh — neoplatonizm falsafasidagi Markaziy tushunchalardan biri. Llatonning koinotni harakatga keltiruvchi ibtido bo’lgan Olamiy ruh to’g’risidagi ta’limotidan kelib chiqqan; ideal (jismeiz) dunyo bilan Olamiy ruh yaratgan xissiy dunyo oralig’ida turadi. Olamiy ruh haqidagi ta’limot Uyg’onish davri panpsixizmi (italyan neoplatoniklari, J.Bruno), nemis romantizmi va 19- asr idealistik falsafasi (F.V.Shelling, G.T.Fexner, E.Gartman) tomonidan qabul qilingan.
O‘xshash so‘zlar
- Olam
- Olam qutblari
- Olamushuk adiri
- Olamoy ismi haqida bilasizmi?
- Olamning geosentrik sistemasi
- Olamgir ismi haqida bilasizmi?
- Olapo’choq
- Olaqarg’a





