O’LIM

O’LIM — organizm hayot faoliyatining butunlay to’xtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy o’limi ularning bo’linishidan iborat, bunda 1 individ o’lsa, o’rnida 2 ta yangi individ hosil bo’ladi. Odam va issiq qonli hayvonlar o’limi dastavval nafas olish va qon aylanishining to’xtashiga bog’liq. O’lim organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli to’satdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik O’lim farqlanadi. Klinik O’limda organizm hayot faoliyatini ba’zi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u o’rtacha 2-6 minut davom etadi, shundan keyin biologik O’lim yuz beradi. O’lim sabablari va mexanizmini tanatologiya o’rganadi.