O’LKA

O’LKA — 1) tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik taksonomik birliklaridan; 2) har bir kishi tug’ilib o’sgan joy, qishloq, shahar va hokazolar; 3) ba’zi mamlakatlardagi yirik ma’muriy hududiy birlik, masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Oltoy o’lkasi, Stavropol o’lkasi va boshqalar.