O`lkashunoslik
O`lkashunoslik– mamlakat bir qismi (o`lka), ayrim tabiiy ob’yektlar, shahar yoki biron aholi punktining asosan mahalliy aholi kuchi bilan har tomonlama o`rganilishi. O`lkashunoslikning asosiy yo`nalishlari: 1) tabiat va tabiiy ob’ektlarni o`rganish, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va tiklash; 2) xo`jalik yutuqlarini o`rganish; 3) tarix va madaniyatni o`rganish. O`z o`lkasini bir necha yil davomida muntazam o`rganish asosida to`plangan materiallar o`lkashunoslik muzeylarini tashkil qilishga imkon beradi.