Oltin pariteti

Oltin pariteti – 1) mamlakat pul birligida davlat tomonidan belgilangan va qonunda qayd etilgan sof oltin miqdori (og’irligi); 2) turli mamlakatlar pul birliklarining rasmiy oltin ta’minoti miqdoriga ko’ra nisbati. Masalan, 1 AQSh dollarining oltin ta’minoti 0,818513 gramm sof oltinga teng bo’lgan. 1961 yil SSSR da 1 so’mning oltin ta’minoti 0,987412 gramm sof oltin deb belgilangan. Natijada 90 tiyin 1 dollarga teng deb qabul qilingan. 1989 yil 62,5 tiyin 1 dollarga teng bo’lgan. 20-asrning 70-yillaridan boshlab yamayka kelishuviga asosan qog’oz pullarning Oltin pariteti bekor qilindi.