Oltin qidiruvchi qanday ishlaydi?

Shunday hollar bo’ladiki, daryolar qumida sof holdagi oltinning mayda, zig’irsimon donalari bo’ladi. Ularni topish, qumdan yuvib olishga juda tajribali odamlar — oltin qidiruvchilargina qodirdir. Daryolar million yillar mobaynida ohib, o’zi uchun o’zanlar ochib, har xil tabiiy jinslar bilan birga oltin bo’laklari va zarralarini ham yuvib tozalayverdilar. Oddiy g’alvir yordamida oltin qidiruvchi uzzukun tinimsiz mehnat qilib atigi ikki grammdan o’n grammgacha bu nodir metallni yuvib olishi mumkin. Bu esa quyidagicha amalga oshiriladi: g’alvirni aylantirib elab va silkab, teshiklaridan qum o’tkaziladi, shu jarayonda yirik oltin zarralari g’alvir tagiga cho’kib qoladi.