Oltoy

Oltoy (turkiy va mongol tillarida Altan — oltin) — Osiyodagi tog’ sistemasi, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliya va Xitoy hududida. Shimoliy-g’arbda G’arbiy Sibir tekisligi (81° shq.u.)dan Janubi-sharqda Gobi tekisliklari (106° shq.u.)gacha chuzilgan. Uzunligi 2000 kilometr. Ayrim tizmalardan iborat. Baland cho’qqilari g’arbiy qismida (Beluxa, 4506 metr). Oltoy uch qismga — asl Oltoy, Gobi Oltoyi va Mongoliya Oltoyiga bo’linadi. Asl Oltoy Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasi va Qozog’iston Respublikasining Sharqiy Qozog’iston viloyatida joylashgan. U shimolda G’arbiy Sibir tekisligidan jarlik orqali ajralgan, sharqi va shimoli-sharqi Mongoliya Oltoyi, G’arbiy Sayan tog’lariga tutashib ketadi. Gobi Oltoyi Mongoliya Oltoyining davomi. Mongoliya hududida. Uzunligi 500 kilometr, balandligi 1500-2500 metr, eng baland joyi 3957 metr; tog’ etaklarida cho’l, yuqoriroqda dasht o’simliklari o’sadi. Oltoy murakkab palaxsali-burmali tog’lar o’lkasi. Proterozoydan karbon davrigacha hosil bulgan terrigen, karbonat va vulkanogen jinslaridan tuzilgan. Geologik tuzilishi va geologik rivojlanish tarixiga ko’ra, Oltoy hududining shimoliy- Sharqiy qismini egallagan kaledon Oltoy iga (tog’li Oltoy) va undan chuqur yoriqlar orqali ajralgan gersin Oltoyi — Janubiy- G’arbiy Oltoy (Rudali va Janubiy Oltoy)ga bo’linadi. Oltoy har xil foydali qazilmalarga boy (Tog’li Oltoyda temir rudasi, simob, oltin, Nodir metallar, rudali Oltoyda asl va rangli metallar bor). Gersin orogenizida vujudga kelgan tog’relefi mezozoyda tekislanib qolgan. Paleogen oxirida yana bir oz ko’tarilgan, neogen oxiri — antropogen boshlarida ko’tarilish yana kuchaygan. Qadimgi va yangi yorikqlar bo’ylab yer qatlamlari Palaxsa-palaxsa bulib siljigan va nihoyat, hozirgi murakkab relefi vujudga kelgan. Relef tuzilishida turtlamchi davr muzliklari va daryo eroziyasi katta rol o’ynagan. Eng baland tizmalar (3200-4000 metr va undan baland) — Katun, shimoliy Chuya, Jan. Chuya tizmalari asl Oltoyning markaziy va Sharqiy qismlarida bulib, relefi Alp tipli. Ko’pchilik tizmalar bir-biridan Oltoy uchun xos bulgan tektonik soyliklar (dashtlar) orqali ajralib turadi. Iqlimi kontinental. Kishi yuqori atmosfera bosimi (Osiyo antisikloni) ta’sirida sovuq va davomli. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -15°dan (tog’ oldilarida) -28°gacha, Markaziy Oltoyning tog’lar orasidagi soyliklarida -32° (Chuya dashtida mutlaq minimum -60°). Baland tog’larda yoz qisqa va salqin; iyulning o’rtacha temperaturasi 1000 metr balandlikda 14 va 16° dan oshmaydi. Oltoy — namlik eng ko’p to’planadigan joy. Sernam yon bag’irlarida yiliga 800-1200 mm gacha (ayrim joylarda 2000 mm gacha), Janubiy- sharqida 200-300 mm (Chuya «Dashti»da 100 mm) yog’in tushadi. Oltoyda 1000 dan ortiq muzlik bor (umumiy maydoni 800 km2). Oltoyda daryo ko’p. Daryolar qor suvlari va yomg’irdan tuyinadi. Bahorda toshadi. Eng yirik va sersuv daryolari: Katun, Tog’li Oltoy, Buxtarma, Biya, Chuya. 3500 dan ortiq ko’l bor (yiriklari Teles, Marqako’l). Landshaft tiplari tog’ Dashti, tog’-o’rmon va baland tog’ Landshaftlaridan iborat. Markaziy Oltoyning quruqsoyliklarida ham dasht o’simliklari o’sadi. Tog’o’rmon Landshaftlari Oltoy hududining 70% ni egallaydi. Tog’o’rmonlari 1700-2450 metr balandliklar orasida o’sadi. Oltoyning eng baland tizmalari baland tog’landshaftini hosil qilgan. Ad.: Kambalov N., Priroda i prirodnie bogatstva Altayskogo kraya, Barnaul, 1952; Kuminova A. V., Rastitelniy pokrov Altaya, Novosibirsk, 1960; Gorniy Altay, Tomsk, 1971.