OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARIDAN MUDOFAA

OMMAVIY QIRG’IN QUROLLARIDAN MUDOFAA — qo’shin, aholi va mamlakat xalq xo’jaligi ob‘yektlarini dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollari ta‘siridan himoya qilishda qo’llaniladigan chora tadbirlar kompleksi. Bunda individual himoya vositalari, transheyalar, maxsus jihozlangan pana joylardan foydalaniladi, epidemiyaga qarshi va boshqa tibbiy tadbirlar, dezaktivatsiya, degazatsiya hamda umumdavlat mudofaa tadbirlari ko’riladi.