Ona jins
Ona jins – metamorfizm yoki nurash jarayonida boshqa jinslarni hosil qiladigan tog` jinsi. Ona jinsning eng ustki qatlami biologik va biokimyoviy jarayonlar ta’sirida, shuningdek inson faoliyati oqibatida tuproqqa aylanadi. Tuproqning kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossasi va unumdorligi ona jins xossalariga bog`liq.