Oniks

Oniks (Yunoncha onux — tirnoq), tasmasimon aqiq— mineral, aqiqtj oq va qora qatlamlari almashinib joylashgan yo’l- yo’l turi. Ko’pincha qora tusli xaltsedonni Oniks deb ataydilar. Oniks bezak tosh sifatida me’moriy inshootlar qurilishida, shuningdek, zargarlikda ishlatiladi. Oniksdan bo’rtma tasvirli buyum (kameya)lar tayyorlashda foydalaniladi, bunda qora qatlamlar fon uchun, oq qatlamlar esa tasvir uchun foydalaniladi.