«Op-Art»

«Op-Art» (inglizcha op art — optik san’at) — oddiy handasiy shakl va tasvirlar bilan tomoshabinni chalg’itish, aldashga qaratilgan, 20-asr 60-yillar yuzaga kelgan asarlar, modernizmdagi Neo-avangardik oqim. 1960-yillardan rivojlanib, keng tarkalgan. Asosi geometrik abstraktsio nizmga borib taqaladi. Asoschisi Fransuz rassomi V. Vazareli (Vasharxey), 40-yillarning 2-yarmida shu san’atning dastlabki namunalarini yaratgan. «Op-Art» vakillari rang-tasvirlarida oddiy Geometrik shakllarning ko’p marotaba ta- krorlanishi hisobiga go’yo ular o’z o’rnini va holatini o’zgartirayotganga, harakatga kelayotganga o’xshab ko’rinishini va shu holat tomoshabinda ma’lum tuyg’ular uyg’otishini asoslamoqchi bo’ladilar. Rassomlar o’z asarlari uchun shunday shakl va ranglarni tanlaydilarki, ular idrok etilganda jimirlash, egilish, yuqoriga intilish kabi taassurotini uyg’otadi. «Op-Art»ning bezak imkoniyatlari sanoat grafikasi, plakat, amaliy va bezash san’atida o’z aksini topdi.