Opala

Opala (ruscha)-g’azab, g’azabga olish, g’azab qilish; qahr; qadimgi zamonlarda podshoning birovga g’azab qilishi va uning g’azabiga yo’liqqan kishining jazolanishi; Opala ko’pincha quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan; a) qirolning Opalaga uchragan saroydagi shaxsni ko’rishni rad etishi; b) yozishmalar va boshqa aloqalarni to’xtatish; v) barcha lavozimlarda chetlatish yoki kichikroq mansabga o’tkazish; g) zodagon kishiga saroyni tark etish va surgunga jo’nash haqia buyruq berish. Monarx, shuningdek, bunday kishilardan ilgari hadya qilgan mulklari tortib olish mumkin edi.