OPEK

OPEK – neft qazib olish va uning xalqaro bozordagi narxini tartiblash maqsadida tuzilgan xalqaro kartel. U 1960 yilda tashkil etilgan. Tarkibiga Eron, Iroq, Venesuela, Quvayt, Saudiya Arabiston, Qatar, Indoneziya, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Aljir, Nigeriya, Ekvador, Gabon davlatlari kiradi. OPEK jahon bo’yicha neft savdosi hajmining yarmiga yaqinini nazorat qiladi, xom neftga rasmiy baho belgilaydi, ko’pincha bahoning jahon darajasini aniqlab beradi. Shtab kvartirasi Venada joylashgan.