Opoka

Opoka – qattiq va mikrog’ovakli yengil jins, tabiatda kulrang yoki qora rangda uchraydi. Opoka asosan kvarts, dala shpati va boshqa minerallarning donador zarralari aralashgan opal (90% gacha), gilli zarralar, kremneyli mikroorganizmlarning skeletli qoldiqlaridan tashkil topgan. Mo’rt (amorf) kremnezem 92-98% ni tashkil etadi. Uning zichligi 2300-2550 kg/m3. Qurilishda absorbent sifatida ishlatiladi.