Optik faollik

Optik faollik — ba’zi moddalar (kvars, skipidar, qotishmalar) va bug’ning o’zidan yorug’lik o’tkazayotganda qutblanish tekisligining aylanishini vujudga keltirish xossasi. Tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Optik faol moddalar tabiiy Optik faollikka ega; sun’iy Optik faollikni esa tashqi ta’sir, masalan, tashqi magnit maydoni hosil qiladi. Yorug’lik qutblanish tekisligining sr burchakka o’zgarishi Optik faollikning miqdoriy xarakteristikasidir. U muhitda yorug’likning o’tgan yo’liga va to’lqin uzunligiga to’g’ri proportsional. Bunday bog’lanish Optik faollik dispersiyasi deyiladi. Optik faollik dispersiyasi molekula tuzilishiga, molekulalararo ta’sirga, temperatura hamda bosimga bog’liq. Optik faollik usulidan fizika, kimyo, biologiya va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.