Optimizm

Optimizm (lotincha optimus — eng yaxshi) — dunyoda ijobiy omil, yaxshilik hukmronlik qiladi degan tasavvur. Bu atama mavjud dunyoning «eng yaxshi dunyo sifatida» yaratilganligi to’g’risidagi G. V. Leybnis ta’limotini ifodalash uchun joriy qilingan. Pessimizmning ziddi. O’rta asr Sharqi qamda Yevropada Uyg’onish davri gumanizmining vakillari, 18-asr frantsuz ma’rifatchilarining dunyoqarashi Optimizm ruhi bilan sug’orilgan edi. Ular «aqlga muvofiq» ijtimoiy tuzumga erishish mumkin deb hisoblaganlar. Umuman Optimizm tarafdorlari uzluksiz taraqqiyotga ishonadilar, kelajakka ishonch bilan qaraydilar. Odamlarni hayotni sevishga, inson aql-idrokini qadrlashga, ilm-ma’rifatga erishishga da’vat qiladilar.