Optron

Optron — yorug’lik signallarini kuchaytirib yoki o’zgartirib beradigan asbob. Yoruglik nurlatgichi va foto qabul qilgichdan iborat. Optron elementlari o’zaro optik, elektr yoki aralash usulda ulanadi. Yorug’lik nurlatgichida kiruvchi elektr signallar yorug’lik signallariga aylanadi va optik kanal orqali foto qabul qilgichga uzatilib, unda elektr signallariga aylanadi. Nurlatgich sifatida, odatda, yarim o’tkazgichli yorug’lik nurlatuvchi diodlardan; optik kanalining oraliq muhiti sifatida optik elimlar, shishalar, tolali yorug’lik o’tkazgichlar, havodan; foto qabul qilgich sifatida fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalardan foydalaniladi. Optron radioelektronika va hisoblash texnikasida ishlatiladi.