Optik telegraf

Optik telegraf — axborotlarni semafor alifbosi yordamida visual (ko’rib) uzatish sistemasi. 19-asr 1-yarmida keng tarqalgan. Birinchi Optik telegrafni 1794 yil aka-uka frantsuzlar K. va I. Shapp Parij bilan Lill orasiga (225 kilometr) qurgan. Qo’zg’aluvchan reykalardan iborat bo’lgan uzatuvchi semafor qurilma minoraga o’rnatilgan. Optik telegraf liniyasi bir- biridan ko’rinib turadigan minoralar tizimidan iborat bo’lgan. Dunyodagi eng uzun Optik telegraf liniyasi Peterburg (Rossiya)dan Varshava (Polsha)gacha bo’lgan (1200 kilometr) liniya 1835-54 yillarda ishlab turgan. Hozir Optik telegraf o’rniga radiotelegraf, fototelegraf (faksimil), elektr telefaf aloqa qo’llaniladi.