Oq tunlar

Oq tunlar — yozning boshida ikkala yarim sharning 60° dan naridagi kengliklarida kuzatiladigan yorug’ kechalar. Oqshom g’ira-shiraligi tong bilan qo’shilib ketadigan davrda sodir bo’ladi. Oqshom (qosh qorayishi) botayotgan Quyosh gardishi Markaziy nuqtasi ufqdan 7° Og’guncha (hO = — 7° bo’lguncha), ertalabki g’ira-shiralik (tongyorishishi) esa chiqayotgan Quyosh gardishi Markaziy nuqtasi ufqqa 7° yetmasdan boshlanadi. Astronomik g’ira-shiralik hO=-18° gacha davom etadi. Oq tunlar Shimoliy yarim sharning 59,5° shu kabilar va Janubiy yarim sharning 59,5° j.k. oralig’idagi joylarda sodir bo’ladi. Oq tunlar davomiyligi joyning geografik kengligiga bog’liq, mas, Sankt-Peterburgda (Rossiya) 11 iyundan 2 iyulgacha davom etadi va hokazolar.