Oq tanga

Oq tanga — ibtidoiy odamlar yashagan ungur. Turkiston tizma tog’ining Zarafshon daryosi vohasida joylashgan. 1954-63 yillarda Tojikiston Fanlar Akademiyasi tarix institutining arxeologiya otryadi (B. A. Litvinskiy, V.A.Ranov) tekshirgan. 80 m2 maydon ochilib, turli davrga oid 11 ta madaniy qatlam topilgan. Bulardan eng qadimgisi mezolit, neolit, eneolit, jez davri, antik va o’rta asrlarga oiddir. Oq tangadan ko’plab mehnat va ov qurollari topilgan, ular O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.