Oqbosh

Oqbosh (Karelinia caspia (Pall.) Less.] — murakkabguldoshlarga mansub ildiz-bachkili ko’p yillik begona o’t. Poyasi yo’g’on, sershox, tik o’sadi, bo’yi 50— 100 santimetr. Barglari butun, uzunchoq, bandsiz, bir oz etli, poyani chala o’rab turadi. Savatchasi tsilindrsimon, uzunligi 10-15 millimetr, eni 4-8 millimetr. Gullari naysimon, pushti-gunafsharang, to’pgulli savatcha. Iyun—sentabr oylarida gullab urug’laydi. Nihollari aprel—mayda unib chiqadi. Ildiz bachkisi va urug’idan ko’payadi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Dalalarda, g’allazor va bedapoyalarda uchraydi. Kurash choralari: yerni haydash, ekinni vaqtida kultivatsiya qilish va boshqalar.