Oqlovchi gillar

Oqlovchi gillar — moddalarni yutish (sorbtsion) va tozalash xususiyatiga ega bo’lgan tog’jinslari, foydali qazilmalar. Oqlovchi gillar, asosan, montmorillonit tarkibli bentonit gillari yoki vulkanogen-cho’kindi kremniyli tog’ jinslari (diatomit, trepel, opoka) dan iborat vulkanogen jinslarning gidrokimyoviy yo’l b-ilan o’zgarishidan hosil bo’ladi. Aktivlantirilgan, ya’ni kislotalar qo’shilgan Oqlovchi gillar (masalan, krimsil, oskanit)ning yutish va oklash xususiyati eng yaxshi tabiiy Oqlovchi gillarnikidan 3-3,5 marta yuqori bo’ladi. Oqlovchi gillar neft mahsulotlari, moy va hayvon yog’lari, sirka, vinolar, vitamin, anti-biotiklarni tozalash, suvni yumshatish, gazlamalarni oqartirishda, shuningdek, upa-elik sanoatida ishlatiladi. Mineral tarkibi bo’yicha Oqlovchi gillar bir necha turga bo’linadi: beydellit, bentonit, attapulgit, paligorskit va topilgan joyi nomi bilan ataladi: floridin (AQSh), monotmorillonit (Frantsiya), gumbrin va Askanit (Gruziya), gilobi (Ozarbayjon), (Qrim), navbaxit (O’zbekiston) va boshqalar.