Oqmang’it

Oqmang’it — Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanidagi shaharcha (1980 yildan), tuman markazi. Tumanning shimol qismida joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Nukus (18 kilometr). Aholisi 8,1 ming kishi (2000). Oqmang’itda umumiy ta’lim maktablari, klub, kutubxonalar, kasalxona va boshqa davolash muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatadi. Oqmang’it — Nukus yo’nalishida avtobus qatnaydi.