Oqilov Komil Oqilovich

Oqilov Komil Oqilovich (1928.5.2, Samarqand tumani) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1987), professor (1988). Samarkanddagi O’zbekiston universitetining tarix fakultetini tugatgan (1949). O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1953— 57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida katta ilmiy xodim (1957-64), bo’lim mudiri (1964-96), guruh rahbari (1996-98), yetakchi ilmiy xodim (1998-2000), katta ilmiy xodim (2000 yildan). Oqilovning ilmiy faoliyati O’zbekistonning madaniy jarayonlariga bag’ishlangan. 9, 10-sinflar uchun «O’zbekiston tarixi» darsliklari va «O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachilari davrida» kitobining mualliflaridan biri. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).