Oqilovlar

Oqilovlar — 20-asr O’zbekiston raqs san’atiga ulkan hissa qo’shgan san’atkorlar oilasi. Sulola boshlig’i raqqos, baletmeyster, o’zbek sahna raqsi asoschilaridan, O’zbekiston xalq artisti (1964) Isoxor Oqilov (1914.14.7, Samarqand — 1988.25.9, Toshkent) — Samarqanddagi Musiqa va xoreografiya institutida (1928— 29), o’zbek davlat musiqali teatri studiyasida (1929-32) ta’lim olgan. Katta teatrda malakasini oshirgan (1953 — 54). 1932-36 yillar tojik va yahudiylar musiqali teatri (Samarqand, Buxoro) da, 1936 yildan M. Qoriyoqubov nomidagi o’zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. «Charxi do’zon», «katta uyin», «Lazgi», «Yakkaqars», «ohangi Ko’histon» kabi raqslarni mahorat bilan ijro etgan. An’anaviy-mumtoz («Sevgi taronasi», «Munojot», «tantana», «Buxoro yulduzi» kabi), zamonaviy («tong malikasi», «Uch guzal», «Shodiyona» va boshqalar) raqslarni sahnalashtirgan. «Shodlik», «Guzal» ansambllarini tashkil etgan. Buxoro mumtoz raqsi an’analari, professional o’zbek raqsining rivoj topishida uning xizmatlari alohida. Ko’pgina filmlarga («Maftuningman», «amirlikning yemirilishi» va boshqalar) baletmeysterlik qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). G. Izmaylova, K Mirkarimova, H. Komilova, K. Yusupova, G. Mavaeva, D. Jabborova, Q. Do’stmuhamedova, M. Ahmedova, Q. Mo’minov va boshqalar uning shogirdlaridir. Isoxor Oqilovning rafiqasi O’zbekiston xalq artisti (1970) Margarita Oqilova (1920.20.1, Samarkand) — raqqosa. 1932-35 yillar Dushanbadagi Loxutiy nomidagi Davlat musiqali teatrida ishlab, shu teatr studiyasini tamomlagan. 1935-36 yillarda Samarqanddagi tojik va yahudiylar musiqali teatrida yakkaxon. 1936-60 yillarda o’zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. «Zang o’yin», «Guluzorim», «Tanavor», «dilxiroj», «Buxorocha raqs» kabi raqslarni ijro etgan. 1960-89 yillar Toshkent to’qimachilar saroyi qoshidagi xalq raqs ansamblida Badiiy rahbar. Viloyat Oqilova (1937.12.10, Samarqand) — raqqosa, baletmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1989). Oqilovlar qizi. 1958-94 yillar filarmoniyada raqqosa, baletmeyster, 1994-96 yillar «Turkiston» saroyida, 1996 yildan O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatida baletmeyster. «Zang», «Larzon», «Shodlik», «Xorazm lazgisi», «tojik go’zali», «Pomir raqsi», «Afg’oncha», «Dilrabo», «Shodiyona» kabi bir qancha raqslarni ko’tarinkilik, jo’shqinlik bilan ijro etgan. Baletmeyster sifatida «Chorzarb», «Samandariy», «Buxoro to’lqini», «Tanavor 2», «Afg’oncha», «Tojikcha», «surnay lazgisi» kabi raqslarni sahnalashtirgan. Raqqosa ijodi lirik jo’shqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qo’l, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga bo’ysunishi, sho’xchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi. «Zarafshon» ansamblining tashkilotchilaridan. R. Sultonova, F. Solihova, R. Abdulxayirova, N. Olimova, E. Norboyeva, X. Ixtiyorovalarga ustozlik qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). Zulayho Oqilova (1945.12.3, Toshkent — 2000.30.9, Moskva) — raqqosa, baletmeyster. Oqilovlar qizi. Navoiy teatrida M. Levievning «Suhayl va mehri», D’Falyaning «Sevgi-sehrgar» baletlarini sahnalashtirgan. «Sharq miniatyuralari» (rejissyor L. Fayziyev) filmiga ham baletmeysterlik qilgan. Bir qancha o’zbek («chexra», «baliq va Baliqchi», «tinchlikni asrang!») va jahon xalqlari raqslarini mohirona ijro etgan. Lola Oqilova (1957.10.6, Toshkent) — raqqosa. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1990). Oqilovlar qizi. «Paripari», «Tojik go’zali», «baxt qushi», «Farg’onacha», «Xorazmcha», «uchrashuv», «larzon» va boshqa raqslari bilan tanilgan. Oqilovlarga bag’ishlangan «Oqilovlar raqsga tushadi» («charxu du zonu») va «quvonch» (rejissyor A. Yoqubov, 1980) filmlari suratga olingan. Gavhar Oqilova (1949.27.4, Toshkent) — dirijyor, Oqilovlar qizi. Yusuf Oqilov (1963.28.2, Toshkent) — kompozitor. Oqilovlar o’g’li. Mohina Ashirova.