Oqmiya

Oqmiya (Vexibia alopecuroides (L.) jakov) — dukkakdoshlar oilasiga mansub ildiz bachkili, ko’p yillik karantin begona o’t. Poyasi tik usadi, sershox, bo’yi 40-80 santimetr. Barglari cho’zinchoq, chetlari yaxlit, kumush-ipaksimon. Gullari sarg’ish shoda to’pgulga yig’ilgan. Urug’i va ildizpoyalaridan ko’payadi. Bir tupi 600-800 urug’ beradi. Urug’lari zaharli. 15-20° haroratda unib chiqadi. Ildiz bo’g’zidan ildizpoyalar o’sib chiqib, 50— 60 santimetrdan ko’proq chuqurga kirib boradi. Ildizpoyadan ko’plab kurtaklar hosil bo’ladi. O’rta Osiyoda keng tarkalgan. Beda, g’o’za, g’alla ekinlari orasida uchraydi. Sug’orish shoxobchalari bo’ylari, dala, yo’l yoqalari, bog’, tokzorlar, qo’riq yerlarda o’sadi. Kurash choralari: urug’likni tozalash; yerni 30-35 santimetr chuqurlikda haydash; chopiqtalab ekinlarni motigalash; g’alla ekinlariga 2,4 — D gerbitsidi purkash tavsiya etiladi.