Oqqovun, oq qovun

Oqqovun, oq qovun -557 -o’rtapishar, serhosil nav. Shakli cho’ziq — tuxumsimon, yirik, uzunligi 30-35 santimetr, yaxshi parvarish qilinsa 50-60 santimetrgacha yetadi, 6-10 kilogramm. Sirti bir oz g’adir-budur, yirik to’rli. Tusi ko’kish-oq. Po’sti qattiq. Etining qalinligi o’rtacha —5—6 santimetr, oq, sershira, qumoq-yumshoq, qarsildoq, xushbo’y. Tarkibida 6,27- -10% qand, shu jumladan, 5,3—6,5% saxaroza, 11,6—14,0% quruq modda bor. Urug’xonasi o’rtacha, urug’i yirik. Urug’i unib chiqqach, 85-100 kundan keyin pishib etiladi. Bo’z tuproqli erlarda, ayniqsa yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 250-380 ts/ga. Uzoq joylarga yuborishga, qoqi qilishga yaroqli. Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi uchun rayonlashtirilgan.