Oqtepa GES

Oqtepa GES, Yo’ldosh Oxunboboev nomidagi Oqtepa gidroelektr stantsiyasi — O’zbekistonda dastlabki qurilgan gidroelektr stantsiya. «O’zbekenergiya» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining «Toshkent GESlari kaskadi» sho’ba korxonasi tarkibida. Chirchiq — Bo’zsuv suv traktining o’rta qismida joylashgan (Toshkent shahrida). 1935 yil 2 maydan qurila boshlagan. 2-jahon urushi boshlanishi bilan qurilish vaqtincha to’xtatib qo’yilgan. GES qurilishida Toshkent shahrining aholisi hashar yo’li bilan faol qatnashdi. Stantsiyada bitta 15 ming kVt li agregat o’rnatilgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste’molchilariga elektr energiyasi yetkazib beradi.