Oqtishlilar

Oqtishlilar (Crocidura) – yerqazarlar oilasiga mansub hasharotxo’r sut emizuvchilar urug’i. Gavdasining uzunligi 4— 15 santimetr (dumi 4-10 santimetr), kalta Yung, siyrak va uzunroq qil bilan qoplangan. Tishlarining koronkasi oq (nomi shundan olingan), yuqori jag’ining har qaysisi yarmida 3 tadan bir uchli tishlari bor. 150 ga yaqin turi Afrika, Janub va O’rta Yevropa, Osiyo, jumladan, O’rta Osiyo va Qozog’istonda tarqalgan. O’zbekistonda 2 turi: kichik Oqtishlilar Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon, Sirdaryo, Farg’ona, Surxondaryoda; oq qorinli Oqtishlilar Surxondaryo vodiysida uchraydi.