Oraliq xo’jayin
Oraliq xo’jayin (biologiyada) — 1) voyaga yetmagan parazitlar yashaydigan hayvon organizmi. Oraliq xo’jayindan so’ng parazitning rivojlanishi asosiy xo’jayinda davom etadi, masalan, bezgak paraziti uchun odam Oraliq xo’jayin, bezgak chivini asosiy xo’jayin bo’ladi. Odam organizmi (eritrositlar) da parazit ko’p marta bo’linish orqali ko’payadi. Jigar qurti uchun suv shillig’i Oraliq xo’jayin, sut emizuvchi hayvonlar va odam asosiy xo’jayin hisoblanadi. Chunki jigar qurtining lichinkasi suv shillig’i tanasida ma’lum vaqt rivojlanadi, lekin faqat sut emizuvchilar jigari o’t yo’llariga o’tgandan keyin voyaga etadi va tuxum qo’yib ko’paya boshlaydi. Parazitning rivojlanish tsiklida bir necha Oraliq xo’jayin bo’lishi ham mumkin. Masalan, lantsetsimon so’rg’ichlining 1-Oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi shilliklar, 2-Oraliq xo’jayini chumolilar hisoblanadi. Ayrim parazitlar (jigar qurti, exinokokk) lichinkalik davrida Oraliq xo’jayin organizmida ko’payishi mumkin. 2) zang zamburug’larining ma’lum rivojlanish davri o’tadiga o’simlik. Bu zamburug’larning ko’pchiligi Oraliq xo’jayinda sporalar hosil qilib, o’simlikning rivojlanishiga zarar keltiradi.