Oraliq zona, qator orollar zonasi

Oraliq zona, qator orollar zonasi — yerning eng yirik global morfo-strukturalaridan biri, materikning suv ostidagi cheti bilan okean qa’ri o’rtasida joylashgan. Odatda, chekka dengizlarning o’rinlari, qator orollar va chuqur suv novlaridan iborat (tinch okeanning shimoliy va g’arbiy chekkalari, Atlantika okeanidagi Karib va Skosha (Skotiya) dengizlari atroflari, Hind okeanining shimoliy-Sharqiy chetlari). Oraliq zonaning relefi xilma-xil (chuqur suv osti novlarining chuqurligi 11 kilometrgacha, qator orollardagi ba’zi vulkan cho’qqilarining balandligi 5-7 kilometrgacha), magnit va gravitasiya maydonlari bir-biridan keskin farq qiladi, yer po’sti vertikal harakatlarining tezligi katta va keskin differentsiasiyalangan. Oraliq zona hozirgi zamon vulkanizmi, intensive seysmik va tog’ hosil bo’lishi oblastiga kiradi.