Olimlar jamiki jonivorlarni organizm deyishadi. Inson ham sichqon, baliq, hasharot, daraxt, moychechak singari organizmdir. Bakteriyalar va boshqa ko’zga tashlanmaydigan mavjudotlar ham organizmlarga kiradi. Barcha jonivorlar ayrim o’xshashliklarga egadir. Shu bois olimlar barcha tirik jonzotlarni bir so’z bilan ifodalash uchun «organizm» so’zidan foydalanishadi. Jonivorlarning hammasi a’zolardan tarkib topgan bo’lib, ularning har biri ma’lum bir funksiyani bajaradi va yaxlit vujudni tashkil etadi. Tiriklik uchun moddalar faol bo’lishi taqozo etiladi. Organizm faolligi kimyoviy bo’ladi va vujudning ichida kechadi. Kimyoviy faollik doimiy aylanishdagi jarayondir. Uningsiz organizm yashay olmaydi. Organizm o’z faoliyatini to’xtatmaslik uchun unga mudom energiya kelib turishi kerak. Organizm moddadan tashkil topgan va o’z shakliga egadir. Yashab bo’lgan modda doimo yangisi bilan almashib turadi. Organizmda modda va energiya almashinuviga modda almashinuvi deyiladi. Organizm eng so’nggi o’lchamiga kelgunga qadar o’sishda bo’ladi. U o’zini o’zi qayta yaratishi, ya’ni kuchini yo’qotgan organizmlar o’rnini yangi, yosh organizmlar egallashi kerak. Shuning uchun ham biz o’sayotgan va qayta ishlab chiqarayotgan hamda moddalar almashinayotgan organizmni tirik deymiz.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

