Orionidlar
Orionidlar — meteor oqimi. Radianti Orion yulduz turkumida joylashgan. Har yili 15 oktabrdan 25 oktabrgacha kuzatiladi. Ayniqsa, 20-21 oktabr kechasi oddiy ko’z bilan bir soatda 10-20 tagacha «uchar yulduz» — Orionidlar oqimini kuzatish mumkin. Orionidlar orbitasi Galley kometasita yaqin joylashgan meteor jismlar turkumi bilan bog’langan. Yer Quyosh atrofida aylanayotib, bu turkum bilan ikki marta to’qnashadi. Galley orbitasi bilan bog’langan ikkinchi meteor oqimi — akvaridlar. Akvaridlar oqimi bahorda kuzatiladi.