Oripov Dilshod

Oripov Dilshod (1977.20.7, Toshkent) — yunon-rum kurashi bo’yicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), «O’zbekiston iftixori» (2001). Toshkentdagi Respublika Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtini tugatgan (1994). Oripov O’zbekiston (1995-2002), Osiyo (1997, Tehron) va jahon (2001, Patri) chempioni. Osiyo o’yinlarida (2002, Pusan) kumush medalga sazovor bo’ldi. O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o’qiydi (2003).